2025-yil 22-avgust kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Abdushukur Hamzayev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish filialiga amaliy tashrif buyurdi.
Tashrif davomida obyektning holati va ishlab chiqarish jarayonining tashkil etilishi bilan batafsil tanishish, shuningdek, ish samaradorligi va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Tashrif yakunida korxona faoliyati sifati va ekologik xavfsizligini oshirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.


