Ayni paytda "Maxsustrans" DUK vakillari Toshkent shahar Yoshlar ijod uyida bo‘lib o‘tayotgan seminarda ishtirok etmoqda. Seminar mavzusi: "Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan xizmat etikasi va xulq-atvor qoidalariga rioya etilishi."
Tadbir davomida ishtirokchilarga kasb etikasi, muomala madaniyati, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, shuningdek, davlat xizmatchilarining o‘z xizmat vazifalarini bajarishdagi mas’uliyatini oshirish masalalarini tartibga soluvchi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar talablari batafsil tushuntirilmoqda. Bunday o‘quv seminarlari davlat xizmatida ochiqlik, halollik va vijdonlilik tamoyillarini mustahkamlash, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mehnat jamoalarida yuqori korporativ madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
