Bugun Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentida "Maxsustrans" DUK faoliyati va "Toza poytaxt" kompleks dasturi bilan tanishish uchun seminar tashkil etildi.
Dastlab ishtirokchilarga "Raqamli Toshkent" kompleks dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, "Xalq nazorati" elektron platformasi orqali kelib tushayotgan murojaatlar tahlili, "Rahbarlar paneli" axborot dasturi, "Green Tashkent" axborot tizimi va "Toza poytaxt" dasturiy ta’minoti bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Tadbir davomida "Maxsustrans-ICHB" DUK boshlig‘i K.Nabiyev ma’ruza qilib, korxona faoliyati sohasida erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, tumanlar kesimida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining raqamli xaritalari taqdim etildi.
Kunning ikkinchi yarmida mutasaddilar "Mirobod-Maxsustrans" avtotransport garaji va boshqa obyektlar faoliyati bilan tanishish maqsadida joylarga jo‘nab ketdi.




