O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34-yilligini munosib nishonlash doirasida korxonamizda xodimlarga g‘amxo‘rlik, e’tibor va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayrli tashabbuslarni amalga oshirish davom etmoqda. Tadbir davomida tizimda ko‘p yillardan buyon halol va fidokorona mehnat qilib kelayotgan 100 nafar xodim hamda kam ta’minlangan oilalar vakillariga oziq-ovqat to‘plamlari topshirildi. Ushbu aksiya ularning mehnati, o‘z ishiga sadoqati va korxona rivojiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik ifodasi bo‘ldi.
Bunday tadbirlar jamoada o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi, shuningdek, xodimlarning farovonligini oshirish va alohida yordamga muhtojlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan ijtimoiy siyosatning muhim qismi hisoblanadi. O‘zaro yordam va g‘amxo‘rlikning ezgu an’analari bundan buyon ham jamiyatimiz birligi, farovonligi va ravnaqini mustahkamlashga xizmat qilsin.



