Aholi sonining ko‘payishi va maishiy chiqindilar hajmining ortishi munosabati bilan poytaxtning sanitariya holatini yaxshilash hamda chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan zamonaviy konteyner maydonchasini yaratish loyihasi amalga oshirilmoqda. Yunusobod tumani "Buyuk Turon" mahallasida "Obod mahalla va mehr oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida A.Qodiriy ko‘chasida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun yangi maydoncha qurilmoqda. Yangi maydoncha qurilishi chiqindilarni boshqarish tizimini yanada samarali tashkil etish, sanitariya-ekologik vaziyatni yaxshilash va tuman aholisi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
