Qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlash, shuningdek suyuq maishiy chiqindilarni oqizish:
fuqarolarga BHMning 3 baravarigacha (810 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa BHMning 10 baravaridan 20 baravarigacha (2 mln 700 ming so‘mdan 5 mln 400 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:
fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 350 ming so‘mdan 2 mln 700 ming so‘mgacha), mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigacha (5 mln 400 ming so‘mdan 8 mln 100 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
