"Dolzarb 40 kunlik" doirasida bugun erta tongda Prezident Administratsiyasi ichki guruhi, Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari B.Rahmonov, Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari X.Mirsoatov, Olmazor tumani hokimi K.Tulyaganov, mutasaddi tashkilot va mutasaddi idoralar rahbarlari ishtirokida aholi uchun qulay, toza va xavfsiz muhit yaratish maqsadida Olmazor tumanining Hazrati Imom, G‘uzorboshi va Zarhal mahallalarida saf yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumandagi obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitar tozalash va kommunal sohalardagi ishlar muhokama qilindi. Yakunda mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

