Bahorgi yangilanishning davomi bo‘lgan aprel oyining birinchi haftasi barchamiz uchun muvaffaqiyatli, farovon va faqat ezgu voqealarga boy bo‘lsin. "Maxsustrans" davlat korxonasi muqaddas ayyom kunlarida tozalik va obodonchilikni ta’minlash, aholi uchun qulay va sanitariya jihatidan qulay muhit yaratishga salmoqli hissa qo‘shdi. Jumladan:
1. 29.03.2025 y - 345 ta texnika jalb etilib, 3269,8 tonna chiqindi olib chiqildi;
2. 30.03.2025 y - 125 ta texnika jalb etilib, 919,8 tonna chiqindi olib chiqildi;
3. 31.03.2025 y - 247 ta texnika jalb etilib, 1897,1 tonna chiqindi yig‘ib olib ketildi. Amalga oshirilgan ishlar bayram kunlari shahar hududida sanitariya tartibini saqlash, ekologik vaziyatni yaxshilash va tozalikni ta’minlashga xizmat qildi. Bahorgi yangilanish mamlakatning barcha aholisiga farovonlik, xotirjamlik va ravnaq olib kelsin.
