Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq, 13-14 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.
Hashar doirasida:
- mahallalar, ko‘p qavatli uylar va shaxsiy hovlilar atrofi tartibga keltiriladi;
- ko‘chalar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi;
- bolalar maydonchalari ta’mirlanadi;
- daraxtlarga ishlov beriladi va yangi ko‘chatlar o‘tqaziladi;
- "Yashil makon" loyihasi doirasida hududlar qo‘shimcha ravishda ko‘kalamzorlashtiriladi;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashiladi.
Ushbu tashabbus mahallalarda tozalik, hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Barchangizni umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga chaqiramiz!
