Ko‘rilgan chora-tadbirlar muhokamasi davomida so‘nggi ikki yilda ilgari qayta ishlanmagan sanoat va xavfli chiqindilarni qayta ishlash darajasi 4,5 foizga yetkazilganiga e’tibor qaratildi. Bu ko‘rsatkich pastligicha qolayotgani qayd etildi. Sanoat va xavfli chiqindilar hosil bo‘ladigan va saqlanadigan joylarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha kamida bitta loyihani ishga tushirish zarurligi ta’kidlandi. Xavfli chiqindilarni nazorat qilish bo‘yicha yagona axborot-monitoring platformasini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi.
