Atrof-muhitni muhofaza qilish, sanitariya holatini saqlash va aholi punktlarining tozaligini ta’minlash maqsadida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash qat’iyan man etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 911-moddasiga binoan, chiqindilarni maxsus belgilangan joylardan tashqariga tashlash fuqarolarga ma’muriy jarima solishga sabab bo‘ladi. 2025-yil 1-avgustdan boshlab jarima miqdori:
▪️ bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravaridan 3 baravarigacha (412 000 so‘mdan 1 236 000 so‘mgacha).
Chiqindilar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish har bir fuqaroning burchi bo‘lib, tozalik, ekologik xavfsizlik va qulay shahar muhitini saqlashning muhim shartidir.

