Shaharda o‘tkazilayotgan "Tozalik va ozodalik oyligi" doirasida ekoinspektorlar tomonidan sanitariya me’yorlari va chiqindilar bilan ishlash qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirilmoqda. Reyd tadbirlari davomida maishiy va qurilish chiqindilarini belgilanmagan joylarga tashlashga yo‘l qo‘ygan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtiriladi hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq jarimalar ko‘rinishidagi javobgarlik choralari qo‘llaniladi. Eslatib o‘tamiz, chiqindilarni, ayniqsa qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish faqat maxsus ajratilgan joylarda va sanitariya tashkilotlari bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi shart. Chiqindilar bilan ishlash qoidalariga rioya qilish — bu har bir aholining shahar tozaligiga, atrof-muhitni muhofaza qilishga va aholi turmush sifatini yaxshilashga qo‘shgan hissasidir.


