Boshqarma majlislar zalida boshqarma boshlig‘i K.Nabiyev boshchiligida tantanali tadbir o‘tkazilib, o‘z bilimi, tajribasi va yuksak kasbiy salohiyati bilan korxona faoliyatiga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlar bayram bilan samimiy tabriklandi. Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning fidokorona mehnati va mas’uliyatli faoliyati alohida ta’kidlandi. Bayram munosabati bilan ularga samimiy tilaklar bildirildi va munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatildi.


