Avvalroq biz ishlatilgan batareyalarni to‘plash va xavfsiz utilizatsiya qilishga qaratilgan @batareykalaruz loyihasi haqida xabar bergan edik. Ishlatilgan batareyalar tarkibida xavfli moddalar miqdori yuqori bo‘lganligi sababli, ularni noto‘g‘ri utilizatsiya qilish atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun bunday chiqindilarni to‘g‘ri yig‘ish va qayta ishlash ekologik xavflarni kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Endilikda Toshkent shahri aholisi ishlatilgan batareyalarni maishiy chiqindilar bilan birga tashlamay, quyidagi manzilga topshirishlari mumkin: Chilonzor tumani, "Nafosat" MFY, 8-mavze, 19-uy. Bunday yondashuv atrof-muhit ifloslanishini kamaytirish, aholi salomatligini muhofaza qilish va fuqarolar o‘rtasida ekologik mas’uliyatli xulq-atvorni rivojlantirishga xizmat qiladi.

