Korxona ravnaqi yo‘lida ko‘p yillardan buyon mas’uliyat, tashabbuskorlik va fidoyilik bilan sidqidildan mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlar "Mustaqillikning 35 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi Esdalik nishonlari va mukofotlarni korxona rahbari tomonidan xodimlarga tantanali ravishda topshirildi. Bu mukofot ko‘p yillik mehnat, kasbiy mahorat, o‘z ishiga sadoqat va korxona rivojiga qo‘shgan salmoqli hissaning munosib e’tirofidir. Sizning bebaho tajribangiz, ishga mas’uliyatli munosabatingiz va fidokorona mehnatingiz butun jamoa uchun namuna bo‘lib, faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.
Sizni ushbu yuksak mukofot bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Xizmatlaringiz doimo munosib taqdirlansin, oldinda esa yangi muvaffaqiyatlar, ulkan yutuqlar va yanada ko‘proq ezgu ishlar kutsin! Sizga yuksak yutuqlar, hurmat, mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va yangi kasbiy zafarlar tilaymiz!




