Toshkent shahar hokimining 2024 yil 20 iyuldagi qaroriga muvofiq, aholi va yuridik shaxslarga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha zarur sifatni ta’minlamaydigan muqobil tashkilotlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hududlarni bosqichma-bosqich "Maxsustrans" DUKga qo‘shish ko‘zda tutilgan. Ushbu chora sanitar tozalash sifatini oshirish, chiqindilarni barqaror va o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta’minlash, shuningdek, poytaxtda kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Mazkur qarorni amalga oshirish doirasida 2024-yilda ilgari muqobil korxonalar tomonidan xizmat ko‘rsatilgan 68 ta mahalla "Maxsustrans" DUK tasarrufiga o‘tkazildi.Bundan tashqari, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati pastligi sababli 16 ta muqobil korxona faoliyati to‘xtatilib, ularning xizmat ko‘rsatish hududlari "Maxsustrans" DUK boshqaruviga o‘tkazildi.Amalga oshirilayotgan ishlar chiqindilarni boshqarish bo‘yicha yagona va samarali tizimni yaratish, aholining sanitariya farovonligi darajasini oshirish va Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qilmoqda.

