16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashning 443 ta holati aniqlandi. O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida qoidabuzarlarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari qo‘llanilib, jami 310,34 mln so‘m miqdorida jarimalar qo‘llanildi. Bundan tashqari, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan 1 095 ta korxona va fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi.
Shuningdek, o‘tkazilgan tadbirlar doirasida tegishli xizmatlar tomonidan hududlarni to‘planib qolgan chiqindilardan tozalash ishlari tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz, sanitariya me’yorlari va chiqindilarni boshqarish qoidalariga rioya qilish har bir fuqaroning muhim majburiyati bo‘lib, tozalik, aholi salomatligi va qulay ekologik vaziyatni saqlashga xizmat qiladi.
