So‘nggi vaqtlarda tashkilotlarga qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash maydonchalarini qurish bilan bog‘liq fuqarolar murojaatlari kelib tushmoqda.Shu bilan birga, chiqindilarni to‘plash maydonchalarini qurish, joylashtirish yoki ko‘chirish masalalari tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, shuningdek, uy-joy mulkdorlari shirkatlari (UJMSH) vakolatiga kirishi tushuntiriladi. "Maxsustrans" DUK ushbu maydonlarning sanitariya holatini ta’minlash, chiqindilar to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik va tegishli xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish uchun javobgardir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktyabrdagi 787-son qaroriga muvofiq:
Maydonchalarni joylashtirish joylarini belgilash tuman hokimliklari, mahallalar va BO‘MK (UJMSH) tomonidan amalga oshiriladi. Yopiq maydonlar tasdiqlangan loyiha asosida quriladi. Aholi zich joylashgan joylarda modulli maydonchalar o‘rnatishga ruxsat etiladi. Eski maydoncha yangi maydoncha qurilgandan so‘ng demontaj qilinadi.
