Abonentlar qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun to‘lovni har bir kalendar oyining 10-kunidan kechiktirmay amalga oshirishlari shart.
Mazkur talab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 787-sonli qarori bilan belgilangan. Shuni inobatga olish kerakki, to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, qarzdorlik sud tartibida undirilishi lozim, bunda penya, pochta xarajatlari va boshqa majburiy to‘lovlar hisoblanadi, bu esa to‘lanishi lozim bo‘lgan umumiy summaning oshishiga olib keladi.
