O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini nishonlash munosabati bilan xodimlar uchun quyidagi ish va dam olish tartibi nazarda tutilgan:
6-dekabr (shanba) — besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun dam olish kuni. Olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun ushbu kun ish kuni hisoblanadi.
7-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni.
8-dekabr (dushanba) — davlat bayrami — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.
Shu tarzda:
Besh kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun ketma-ket uchta dam olish kuni — 6, 7 va 8-dekabr kunlari ko‘zda tutilgan.
Olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 7 va 8-dekabr dam olish kunlari bo‘ladi.
