2025-yil davomida poytaxtda chiqindilarni yig‘ish infratuzilmasini yaxshilash, sanitariya holatini barqarorlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Toshkent shahridagi "Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasi tomonidan mavjud chiqindi to‘plash maydonchalarini yangilash va takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
- 24 ta chiqindi to‘plash maydonchasi to‘liq demontaj qilinib, zamonaviy talablar asosida yangidan qurildi;
- 19 ta maydon kapital ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi;
- qo‘shimcha ravishda chiqindilarni yig‘ish uchun 20 ta yangi maydoncha qurildi.
Bundan tashqari, chiqindilarni tashlashda tartibni kuchaytirish, chiqindilarni noqonuniy to‘plash holatlarining oldini olish, shuningdek, jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida korxona balansidagi 416 ta chiqindi to‘plash maydonchalariga zamonaviy videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.


