2025-yilning 9 oyi davomida chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini modernizatsiya qilish va takomillashtirish doirasida moddiy-texnik baza va sanitariya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
- Chiqindi yig‘ish uchun 12 ta yangi maydoncha qurildi.
- 60 ta maydon kapital ta’mirlandi;
- 60 ta modulli konteyner tizimlari o‘rnatildi;
- Qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish uchun 1000 ta zamonaviy konteynerlar xarid qilindi;
- 30 ta maydoncha demontaj qilinib, zamonaviy talablar asosida yangidan qurildi;
- 311 ta maydonda sanitariya holatini nazorat qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish uchun videokuzatuv tizimlari o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, muqobil xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan korxona balansiga o‘tkazilgan konteyner maydonchalarini bosqichma-bosqich kapital ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari reja asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu obyektlarni foydalanish, sanitariya xavfsizligi va estetik bezatish bo‘yicha yagona standartlarga keltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.


