Bayram va dam olish kunlariga qaramay, "Maxsustrans" jamoasi kuchaytirilgan tartibda ish olib borib, poytaxt hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va sanitariya tozaligini saqlashni ta’minladi. Xodimlar va maxsus texnikalarning tunu kun ishlashi tufayli barqaror xizmat ko‘rsatish va shaharning tegishli sanitariya holatini saqlash ta’minlandi.
Bajarilgan ishlar natijalari:
- 20-mart - 1 612,1 tonna maishiy chiqindi chiqarildi;
- 21-mart - 2 142,0 tonna maishiy chiqindi chiqarildi;
- 22-mart - 2 002,8 tonna maishiy chiqindi chiqarildi;
- 23-mart - 2 724,9 tonna maishiy chiqindi olib chiqildi.
To‘rt kunlik bayram davomida jami 8 481,8 tonna maishiy chiqindilar yig‘ib olib ketildi.
