"Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida poytaxtimizda sanitariya infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun zamonaviy, qulay sharoitlar yaratish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, Mirobod tumanida joylashgan 32-sonli va 63-sonli eski chiqindi yig‘ish maydonchalari buzilib, o'rniga zamonaviy talablarga javob beradigan yangi chiqindi maydonchasi qurildi. Qayta qurish ishlari davomida maydonchalar mustahkam konstruksiyalar bilan jihozlanib, estetik ko‘rinishga keltirildi hamda hudud obodonlashtirildi. Shuningdek, chiqindilarni tartibli yig‘ish va olib chiqish uchun qulay sharoit yaratilib, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq javob beradigan infratuzilma shakllantirildi.


