Agentlik respublikadagi sanitariya-tozalash korxonalarining 2025-yil aprel-noyabr oylaridagi faoliyatini kompleks baholadi. Belgilangan mezonlarga ko‘ra, 105 ta tashkilotning ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
Monitoring natijalariga ko‘ra:
41 ta tashkilot yuqori sifat standartlariga javob beradi va "yashil" toifasiga kiritilgan;
53 ta tashkilot qoniqarli natija ko‘rsatib, "sariq" toifaga kiritildi;
11 ta tashkilot xizmat ko‘rsatish sifati yetarli emasligi sababli "qizil" toifaga kiritilgan.
Alohida ta’kidlanishicha, Maxsustrans-ICHB DUK 8 oy davomida xizmat ko‘rsatish sifati va tezkorligi ko‘rsatkichlarini izchil ravishda yaxshilab bordi. Erishilgan samaradorlik ko‘rsatkichlari - 76,4 foiz va 80,2 foiz - korxonaga reytingning "yashil" toifasidan joy olish imkonini berdi.
Batafsil: reytingi havolasi orqali mavjud.

