Toshkent shahridagi sanitariya holati uchun "Maxsustrans" davlat korxonasi, shuningdek, boshqa xususiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mas’uldir. Korxonamiz xizmat ko‘rsatadigan mahallalar ro‘yxati rasmiy veb-saytning "Korxona haqida" bo‘limida - "Xizmat ko‘rsatiladigan mahallalar" bo‘limida joylashtirilgan bo‘lib, unda shahar tumanlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Agar ushbu ro‘yxatda sizning mahallangiz nomi bo‘lmasa, demak, tumaningiz xususiy xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga biriktirilgan. Bunday holda, chiqindilarni olib chiqish va boshqarish bilan bog‘liq barcha masalalar bo‘yicha bevosita tegishli xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyaga murojaat qilish lozim.
