Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining rasmiy sahifasida "1205" qisqa raqami texnik sabablarga ko‘ra vaqtincha ishlamayotgani ma’lum qilindi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu holat tashkilotning yangi manzilga ko‘chishi bilan bog‘liq bo‘lib, hozirda texnik ishlar va aloqa tizimlarini sozlash ishlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, zarur texnik jarayonlar yakunlangach, call-markaz faoliyati to‘liq tiklanadi va bu haqda jamoatchilik qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi. Eslatib o‘tamiz, "1205" qisqa raqami respublikaning barcha hududlaridan fuqarolarning chiqindilar bilan bog‘liq murojaatlarini qabul qilish, shuningdek, murojaatlarni tegishli xizmatlarga tezkor yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, Toshkent shahri hududida chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha fuqarolar "Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasining dispetcherlik xizmatiga murojaat qilishlari mumkin.
Dispetcher raqami:
71) 247-79-21 yoki 71) 247-02-11
