Bugun soat 16:00 da Yashnobod tumani Katta Yangiobod mahallasi binosida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.
Qabul davomida aholi o‘z savollari, murojaatlari va takliflari bilan bevosita murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Yashnobod tumani aholisini ushbu sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Manzil: Yashnobod tumani, Pahlavon ko‘chasi, 10-uy
