Zamonaviy dunyo chiqindilarni tobora ko‘proq foydasiz chiqindi sifatida emas, balki ikkilamchi xomashyo va energiyaning muhim manbai sifatida ko‘rib chiqmoqda. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, maishiy chiqindilarning kamida 60-70 foizini qayta ishlab, iqtisodiy oborotga qaytarish mumkin. Bu nafaqat chiqindilarni ko‘mish hajmini kamaytirish, balki mavjud resurslardan samarali foydalanish imkonini ham beradi.
Bugungi kunda chiqindilarni haqli ravishda "konsentratlangan xomashyo manbai" deb atashadi, chunki ularning tarkibida qayta foydalanishga yaroqli materiallar: plastmassa, qog‘oz, shisha, metall va organik komponentlar mavjud. Ularni qayta ishlash tabiiy resurslarni saqlash, atrof-muhitga tushadigan yukni kamaytirish va aylanma iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Chiqindilarni energiyaga qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari (Waste-to-Energy) alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bunday majmualar qayta ishlanmaydigan chiqindilardan elektr va issiqlik energiyasi olish imkonini beradi, shu bilan birga poligonlarga yuboriladigan chiqindilar hajmini kamaytiradi. O‘zbekiston Respublikasida ham chiqindilar bilan ishlashning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish ekologik xavfsizlik, resurslardan oqilona foydalanish va mamlakatning barqaror rivojlanishi yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.
Забота об отходах — это не только вопрос чистоты, но и возможность создать дополнительные источники энергии, новые рабочие места и более благоприятную экологическую среду для будущих поколений.
