Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki aholidan chiqariladigan chiqindilar hajmiga muayyan cheklovlar yoki limitlar joriy etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. "Maxsustrans" PU DUK ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini va hech qanday asosga ega emasligini rasman ma’lum qiladi.
Aholidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslikni va faqat rasmiy axborot manbalaridan foydalanishni so‘raymiz. Hozirgi vaqtda maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari "Maxsustrans" DUK tomonidan tasdiqlangan jadvallar va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish bo‘yicha barcha ishlar o‘z vaqtida va to‘liq hajmda amalga oshirilmoqda. Savollar paydo bo‘lgan taqdirda korxonaning rasmiy aloqa kanallariga murojaat qilishni va noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatmaslikni tavsiya etamiz.
