Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumanida chiqindi tashish mashinasi yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan maxsus texnika "Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasiga emas, balki "Akmal Ta’mir Servis" xususiy korxonasiga tegishli va uning balansida ekanligini ma’lum qilamiz.
Ayrim tarqalgan xabarlarda kompaniyamiz nomi noto‘g‘ri tilga olinganini inobatga olib, ommaviy axborot vositalarida tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslik va rasmiy manbalarga tayanishingizni so‘raymiz.
"Maxsustrans - ishlab chiqarish boshqarmasi" davlat korxonasi o‘z faoliyatini belgilangan reja asosida davom ettirmoqda.
