Har bir davr tarixida unutilmas sahifalar bo‘ladi.
O‘zbek xalqi uchun 9-may shunchaki sana emas, balki jasorat, sabr-toqat va eng muhimi, tinchlik uchun minnatdorchilikning ramziy ifodasidir. Qahramon ajdodlarimiz Vatanni, millatni, o‘z oilalarini dushmanlardan g‘alabaga ishonch bilan himoya qilganlar. Ular janglarda jasorat ko‘rsatdilar, biz esa tinch osmonda fidoyilik ko‘rsatishimiz kerak.
