Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyaning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari davomida Shayxontohur tumani, Qoratosh MFY, Qoratosh ko‘chasi 8-uy oldida Boshqaruv servis kompaniyasi ishchisi tomonidan qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlash holati aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 91¹-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida jarima belgilanib ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

