"Maxsustrans"ning tuman filiallarida haydovchi va ishchilar uchun bayram dasturxoni yozilib, osh damlandi.
Tadbirning asosiy maqsadi har kuni erta tongdan shahardagi tozalik va tartib uchun sidqidildan mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga e’tibor qaratish hamda mashaqqatli va mas’uliyatli mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirishdir.
Tadbirdan so‘ng haydovchilar yana yo‘nalishlarga chiqib, o‘z vazifalarini bajarishda davom etdilar.


