Yashnobod tumanidagi 255-maktabda ekologik tarbiya va ijodiy tafakkurni rivojlantirish maqsadida "Chiqindilardan go‘zallikka yo‘l" nomli qiziqarli va foydali loyiha tashkil etildi.
Loyiha doirasida maktabda maxsus ko‘rgazma tashkil etilib, unda o‘quvchilarning ijodiy ishlari ota-onalar, pedagoglar va mehmonlar e’tiboriga havola etildi. Ushbu loyiha yosh avlodda ekologik mas’uliyat va ijodiy salohiyatni rivojlantirishga xizmat qildi.

