"Olmazor-Maxsustrans" filialida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hududlarda tozalik va tartibni ta’minlash maqsadida ariqlar tozalanmoqda, piyodalar yo‘laklari tartibga keltirilmoqda hamda chiqindilar olib chiqib ketilmoqda.
Amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda. Hashar nafaqat hududlarni toza saqlash va obodonlashtirishga, balki xalqning hamjihatligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.



