Hayit bayrami odamlarni yanada jipslashishga, mehr-oqibatli bo‘lishga, o‘zaro hurmat va hamjihatlikka chorlaydi. Ushbu qutlug‘ kunda samimiy muhabbat so‘zlari, ezgu tilaklar va muborak duolar yangraydi.
Oilangizga chin dildan tinchlik, baxt-saodat, farovonlik va ravnaq tilaymiz! Yurtimizda doimo tinchlik va osoyishtalik hukm sursin, xalqimiz farovon va totuv yashasin. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
