Skip to content

“MAXSUSTRANS” DUK

Instagram Telegram Youtube Facebook
Размер шрифта:
Цветовая схема:
Изображения:
O‘zbekcha
O‘zbekcha
Русский English
Ko‘zi ojizlar uchun versiya
ГУП "МАХСУСТРАНС"
O‘zbekcha
O‘zbekcha
Русский English
  • Xizmatlar
  • Korxona haqida
    • Biz haqimizda
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
    • Qamrab olingan mahallalar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Qabul kunlari
    • Kasaba uyushmasi
    • Poligonlar haqida
    • Texnika
  • Matbuot
    • Yangiliklar
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Savollar va javoblar
  • Hujjatlar
    • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.03.2025-yildagi O‘RQ-1044-son
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori (16.09.2025-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-149-sonli Farmoni (26.09.2024-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5-sonli Farmoni (04.01.2024-y.)
    • Toshkent shahar hokimining qarori (04.01.2024-yildagi 3-14-0-Q/24-son)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4925-sonli qarori (15.12.2020 y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4291-son qarori
  • Loyihalar
    • Auditorlik hisobotlari
    • Loyiha hujjatlari
    • Loyiha xaridlari
    • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
    • АБР Loyiha
    • Doimiy hisobotlar
    • Tender savdolari
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ish rejasi
    • Shartnoma
    • Xizmat avtomobillari
    • Tender komissiyasi tarkibi
    • Xizmat safarlari ro‘yxati
    • Murojaatlar tahlili
    • Sayyor qabullar
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari
  • Aloqa
Tarif QQS bilan 8,400 so'm
30/04/2026

Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-aprel kuni tabiatni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, "yashil" iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish va ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, sanoat, qurilish, transport va kommunal sohalarning jadal rivojlanishi tabiatga ta’sir etuvchi omillarni qat’iy nazorat qilish va ekologik talablarga rioya etilishini yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda. Taqdimotda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar tahlil qilindi. Qayd etilganidek, 2024-yilda 47 mingdan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan bo‘lsa, 2025-yilda ularning soni 59 mingdan oshdi. Amaldagi tartibda nazarda tutilgan jarimalar yetkazilgan ekologik zararga mutanosib emasligi sababli, ayrim korxonalar uchun qoidabuzarliklarni bartaraf etishdan ko‘ra jarima to‘lab faoliyatini davom ettirish foydaliroq bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan yuridik shaxslarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qayta ko‘rib chiqish, ularning tabiatga yetkazilgan zarar miqdoriga mutanosibligini ta’minlash va xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan normalarga yaqinlashtirish taklif etildi. Xususan, daryo o‘zanlaridan noruda materiallarni noqonuniy qazib olish, suv resurslarini ifloslantirish, daraxt va butalarni noqonuniy kesish, atmosferaga ruxsat etilgan chiqindilarni me’yordan oshirish, qurilish maydonchalaridan chang va qum zarrachalarini havoga ko‘tarishga yo‘l qo‘yish, shuningdek, chiqindilarni belgilanmagan joylarda yoqish uchun ta’sirchan moliyaviy javobgarlik choralarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Xususan, ma’muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lovlarini yagona moliyaviy sanksiyaga birlashtirish, shuningdek, korxona aybiga iqror bo‘lgan hollarda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi mustaqil ravishda sanksiya qo‘llashga haqli bo‘lishi, nizolar yuzaga kelganda esa masala sud tartibida ko‘rib chiqilishi va hal etilishi amaliyotini joriy etish taklif etilmoqda. Taqdimotda Ugom daryosining tabiiy muvozanatini tiklash, uning noyob tabiiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Ugom va bu daryo havzasi Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i tarkibidagi muhim ekologik hududlar sirasiga kiradi. Bu yerda o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘nlab noyob turlari, jumladan, Qizil kitobga kiritilgan turlar yashaydi. Bundan tashqari, Chirchiq daryosi havzasini suv bilan ta’minlashda ham katta rol o‘ynaydi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda Ugom daryosida suv sarfining kamayishi, shuningdek, suv sifatiga ta’sir etuvchi omillarning ortishi kuzatilmoqda. Bu holat qirg‘oq eroziyasi xavfini tug‘diradi, suv faunasi va o‘simlik dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, bioxilma-xillikning qisqarish xavfini oshiradi. Shu munosabat bilan Ugom daryosi va unga tutash hududlarni davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilish, shuningdek, tabiiy gidrologik tizimga ta’sir ko‘rsatadigan qirg‘oqbo‘yi va suvni muhofaza qilish zonalarida qurilish va qazish ishlarini cheklash taklif etildi. Bundan tashqari, suvni muhofaza qilish zonalarida joylashgan obyektlarni xatlovdan o‘tkazib, ularning suv sifati va biofaunaga ta’sirini baholash bo‘yicha vazifalar belgilandi. Ekologik talablarga javob bermaydigan faoliyatni to‘xtatish yoki ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga, Ugom daryosining gidrologik va ekologik holatini barqaror rivojlantirishga qaratilgan "Ugam daryosi ekotizimini yaxshilash" master-rejasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Yer degradatsiyasining oldini olish maqsadida qirg‘oqbo‘yi va suvni muhofaza qilish zonalarida daraxt va butalar ekish rejalashtirilgan. Chiqindilarni boshqarish sohasidagi ishlar ham atroflicha tahlil qilindi. 2025-yilda sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrov mahallalar kesimida 88 foizga yetkazildi. Soha maxsus texnika, motoroller va konteynerlar bilan ta’minlandi, 132 ta poligon atrofi obodonlashtirildi, 47 ta poligon faoliyati to‘xtatildi.

Joriy yilda sanitar tozalash korxonalari uchun qo‘shimcha maxsus texnika va konteynerlar yetkazib berish orqali qamrov darajasini 90 foizga yetkazish, 18 ta poligonni rekultivatsiya qilish rejalashtirilgan. 2030 yilga qadar poligonlar sonini 50 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini qurish orqali logistika xarajatlarini kamaytirish, saralash va qayta ishlash hajmini oshirish, poligonlardagi yuklamani kamaytirish muhimligi ta’kidlandi. 2026-yilda 28 ta, 2030-yilga borib esa 70 ta shunday stansiya qurish rejalashtirilgan.

Shuningdek, maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarining borishi haqida ma’lumot berildi. Andijon, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida umumiy qiymati 933 million dollarlik 6 ta zavod qurilmoqda. Ular ishga tushgach, yiliga 3,6 million tonna qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlab, 1,6 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Keyingi bosqich – 633 million dollarlik yana 5 ta zavod qurilishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

MDH hududida xavfli chiqindilarni boshqarish bo‘yicha birinchi integratsiyalashgan platformani yaratish taklif etildi. Navoiy viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan mazkur investitsiya loyihasi doirasida xavfli chiqindilarni laboratoriyada tasniflash, fizik-kimyoviy va termik qayta ishlash tizimini joriy etish, ixtisoslashtirilgan poligon tashkil etish hamda chiqindilardan RDF yoqilg‘isi ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Loyiha qiymati 260 million dollar bo‘lib, yiliga 330 ming tonna xavfli chiqindilarni qayta ishlash quvvati yaratiladi. Loyihaning amalga oshirilishi ekologik barqarorlikni ta’minlash, yangi standartlar va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, mintaqaning kadrlar salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Qayd etilganidek, 2017-yilda qurilish chiqindilari hajmi 1,2 million tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda 1,9 million tonnaga yetdi. Shu munosabat bilan qurilish chiqindilarini hosil bo‘lishidan to utilizatsiya qilinishiga qadar to‘liq nazoratni ta’minlaydigan raqamli platformani yaratish, GPS yordamida chiqindilarning harakatini real vaqt rejimida kuzatish, poligonlarda chiqindilarni saralash va qayta ishlash komplekslarini tashkil etish taklif etildi.

Shuningdek, qurilish obyektlarini qabul qilishda chiqindilarni utilizatsiya qilish bo‘yicha shartnomalar shartlarini bajarish to‘g‘risidagi majburiy talabni joriy etish nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, foto va video qayd etishdan foydalangan holda chiqindilarni noqonuniy joylashtirish holatlarini aniqlash va bunday huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish rejalashtirilgan. Taqdimotda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish, noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylashga qaratilgan loyihalar ham ko‘rib chiqildi. Xususan, Farg‘ona milliy tabiat bog‘i tarkibidagi "Yozyovon" tabiat yodgorligi hududini muhofaza qilishni kuchaytirish, dendrologiya bog‘ini tashkil etish, shuningdek, kuzatuv minoralari, maxsus dronlar va raqamli monitoring tizimlari orqali nazoratni kuchaytirish rejalashtirilgan.

Ushbu hududda tashrif buyuruvchilarni qabul qilish markazi, piyoda sayyohlik yo‘nalishlari, qushlarni kuzatish maydonchalari, shuningdek, fotozonalar va panoramali maydonchalar tashkil etish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ilmiy-ma’rifiy ekskursiyalar tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, "Ovjazsoy - Sinegorye" milliy tabiat bog‘i hududida ekologik turizmni rivojlantirishga qaratilgan obyektlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Tashabbus doirasida tabiiy landshaftlar va tog‘ ekotizimlarini asrab-avaylagan holda sayyohlar uchun qulay infratuzilmani shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Taqdimotda joriy yilda Samarqand shahrida "ECO EXPO Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasi va Global ekologik fondning 8-assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi. Global ekologik jamg‘arma 186 ta a’zo davlatni birlashtirgan yirik xalqaro moliya instituti hisoblanadi. O‘zbekiston unga 1995-yilda qo‘shilgan. Assambleyaning Samarqandda o‘tkazilishi Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasida bunday miqyosdagi birinchi yirik ekologik forum bo‘ladi. Unda 186 ta davlatdan 2,5 ming nafar vakil, 40 ta donor davlat, 50 dan ortiq nufuzli tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

"ECO EXPO Central Asia 2026" ko‘rgazmasi mahalliy sanoat, hokimliklar, xalqaro moliya institutlari, innovatsion "yashil" texnologiyalar yetkazib beruvchilar va investorlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari bu takliflarni ma’qullab, tabiatni muhofaza qilish sohasida nazorat va mas’uliyatni kuchaytirish, chiqindilarni boshqarishning zamonaviy tizimlarini joriy etish, suv resurslari va bioxilma-xillikni saqlash, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ilmiy asosda rivojlantirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Korxona haqida

  • Biz haqimizda
  • Faoliyatning huquqiy asoslari
  • Tuzilma
  • Rahbariyat
  • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
  • Bo‘sh ish o‘rinlari
  • Qabul kunlari
  • Kasaba uyushmasi
  • Poligon haqida
  • Texnika

Matbuot

  • Yangiliklar
  • Фотогаларея
  • Videogalereya
  • Savollar va javoblar

Loyihalar

  • Auditorlik hisobotlari
  • Loyiha hujjatlari
  • Loyiha xaridlari
  • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
  • АБР Loyiha
  • Doimiy hisobotlar
  • Tender savdolari

Полезные ссылки

  • My gov
  • LEX UX
  • Sanitation
  • President Uz

Ochiq ma'lumotlar

  • Ish rejasi
  • Shartnoma
  • Xizmat avtomobillari
  • Tender komissiyasi tarkibi
  • Xizmat safarlari ro‘yxati
  • Murojaatlar tahlili
  • Sayyor qabullar
Aloqa
  • Диспетчер (24/7): +998 (71) 247-02-11
    Абонентский: +998 (71) 247-25-99

  • Manzil
    Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Bekobod sanoat zonasi
  • Email
    maxsustrans@inbox.ru
Instagram Telegram Youtube Facebook
ГУП "МАХСУСТРАНС"
Dushanba – Juma, 09:00–18:00
Shaxsiy kabinet
© 2026 DUK “Maxsustrans”. Barcha huquqlar himoyalangan.
Sayt materiallaridan foydalanilganda manbaga havola qilish majburiy.
ГУП "МАХСУСТРАНС"
  • Xizmatlar
  • Korxona haqida
    • Biz haqimizda
    • Faoliyatning huquqiy asoslari
    • Tuzilma
    • Rahbariyat
    • Bo‘ysunuvchi korxonalar va filiallar
    • Qamrab olingan mahallalar
    • Bo‘sh ish o‘rinlari
    • Qabul kunlari
    • Kasaba uyushmasi
    • Poligonlar haqida
    • Texnika
  • Matbuot
    • Yangiliklar
    • Fotogalereya
    • Videogalereya
    • Savollar va javoblar
  • Hujjatlar
    • O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.03.2025-yildagi O‘RQ-1044-son
    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori (16.09.2025-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-149-sonli Farmoni (26.09.2024-y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5-sonli Farmoni (04.01.2024-y.)
    • Toshkent shahar hokimining qarori (04.01.2024-yildagi 3-14-0-Q/24-son)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4925-sonli qarori (15.12.2020 y.)
    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4291-son qarori
  • Loyihalar
    • Auditorlik hisobotlari
    • Loyiha hujjatlari
    • Loyiha xaridlari
    • Tanlov natijalari haqida ma’lumot
    • АБР Loyiha
    • Doimiy hisobotlar
    • Tender savdolari
  • Ochiq ma'lumotlar
    • Ish rejasi
    • Shartnoma
    • Xizmat avtomobillari
    • Tender komissiyasi tarkibi
    • Xizmat safarlari ro‘yxati
    • Murojaatlar tahlili
    • Sayyor qabullar
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish chora tadbirlari
  • Aloqa
Instagram Telegram Youtube Facebook
Ko‘zi ojizlar uchun versiya
Tarif QQS bilan 8,400 so'm