Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor loyihalar taqdimot qilindi Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 mart kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan ustuvor umummilliy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Atmosfera havosi sifatini yaxshilash, shahar va hududlarda yashil hududlarni kengaytirish, ekologik ta’lim va madaniyatni oshirish, cho‘llanishga qarshi kurashishning ilmiy va amaliy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Dastlab "Toza havo" umummilliy loyihasi doirasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, bugungi kunda Toshkent shahrida havo ifloslanishi belgilangan me’yorlardan oshib ketish holatlari qayd etilmoqda. Bunday holat Navoiy, Farg‘ona, Chirchiq va Termizda ham kuzatilmoqda. Ifloslanishning asosiy omillari sifatida sanoatning o‘sishi, uglerodli yoqilg‘idan keng foydalanish, transport vositalarining ko‘payishi, tabiiy omillar va nazoratning yetarli emasligi ko‘rsatilgan.
Shu munosabat bilan 2030-yilgacha asosiy maqsadlar belgilandi: atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqindilarini kamaytirish, sanoat obyektlarida chiqindilarni ushlab qolish ulushini oshirish, transportdan zararli chiqindilarni kamaytirish, shuningdek, PM2,5 darajasi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lgan kunlar sonini kamaytirish. Qayd etilishicha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida Toshkent shahrida havo sifati ma’lum darajada yaxshilangan. Xususan, joriy yilning yanvar-fevral oylarida PM2,5 konsentratsiyasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada kamaygan. Endi bu borada bosqichma-bosqich hududiy dasturlar qabul qilinib, har bir viloyatda tahlil va diagnostika, havoni monitoring qilish va ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha yagona tizim tashkil etiladi.
"Toza havo" loyihasida energetika va sanoatga alohida e’tibor qaratilgan. Mahsulotlarning bir qismini muqobil energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarayotgan korxonalarga soliq imtiyozlari va moliyaviy rag‘batlantirish, shuningdek, avtomatik monitoring stansiyalari, filtrlar, chang-gaz tozalash va energiya tejamkor uskunalarni keng joriy etish ko‘zda tutilgan. Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi sanoat korxonalarida ma’lumotlarni yagona geoaxborot tizimiga integratsiya qilgan holda majburiy avtomatik monitoring postlari o‘rnatiladi. Ushbu talablarni bajarmagan subyektlar uchun kompensatsiya to‘lovlari sezilarli darajada oshiriladi.
Qurilish sohasidagi ekologik talablar ham kuchaytirilmoqda. Yangi yirik obyektlar uchun loyihalashtirishda ko‘kalamzorlashtirish ulushini oshirish, qurilish materiallarini yopiq sharoitda saqlash, chiqindilarni maxsus quvurlar va konteynerlar orqali tashlash, maydonlarni himoya to‘siqlari bilan o‘rash, onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, "shamol yo‘laklari"ni saqlab qolish, qurilish jarayonida ekologik ekspertiza xulosalarini majburiy tartibda hisobga olish, shuningdek, shaharning ekologik va suv resurslarini boshqarish bo‘yicha master-reja ishlab chiqish taklif etildi.
Tabiiy changlar ta’sirini kamaytirish bo‘yicha ham aniq chora-tadbirlar belgilandi. Toshkent shahri atrofida yashil belbog‘ barpo etish, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida chang bo‘ronlarining oldini olish uchun yashil to‘siqlar tashkil etish, sun’iy ko‘l va suv havzalari barpo etish, poytaxt tumanlarida favvoralar sonini ko‘paytirish, barglarni kompost va mulchaga qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan. Bularning barchasi havodagi chang zarralari konsentratsiyasini kamaytirishga va shahar muhitini sog‘lomlashtirishga yordam berishi kerak.
Transport sohasida ham alohida yo‘nalishlar belgilandi. Motor yoqilg‘isi standartlarini bosqichma-bosqich qat’iylashtirish, avtotransport vositalarini "qizil," "sariq" va "yashil" toifadagi stikerlar bilan ekologik tasniflash, texnik ko‘rikni ekologik talablar bilan bog‘lash, eskirgan avtoparkni yangilash dasturlarini amalga oshirish va jamoat transporti ulushini oshirish ko‘zda tutilgan. Bu, birinchi navbatda, yirik shaharlar markazlarida yo‘l harakati bilan bog‘liq ifloslanish hajmini kamaytirish imkonini beradi.
The issue of greenhouse farms was also considered as an important component of the "Clean Air" project. It was noted that a large number of greenhouse farms are concentrated in Tashkent and the Tashkent region, while the share of greenhouses using coal, fuel oil, and non-standard fuels as heating sources is high, and emissions of hazardous substances such as NO2, SO2, and PM2.5 have a serious negative impact on air quality. Furthermore, due to the relatively low level of solar insolation in the Tashkent region compared to other territories, the costs of growing products in greenhouses here are significantly higher. So, if in January the average air temperature in Tashkent is plus 6 degrees Celsius, then in Termez it is plus 10.8 degrees. The cost of growing 1 ton of greenhouse products in the Tashkent region is 11.9 million soums, while in the Surkhandarya region it is 4.9 million soums.
Insolyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda mahsulot yetishtirish issiqxona xo‘jaliklarining moliyaviy barqarorligi uchun ham, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash nuqtai nazaridan ham foydalidir. Shu bois Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxona xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich tabiiy-iqlim sharoiti qulay va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan hududlarga ko‘chirish taklifi bildirildi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda agropark barpo etish rejalashtirilgan. Bu hudud quyosh nurining yuqoriligi, qishning yumshoqligi va isitish xarajatlarining ancha kamligi bilan ajralib turadi, bu esa mahsulot tannarxini keskin pasaytirish imkonini beradi.
2026-yil 1-oktyabrdan boshlab Toshkent shahri va unga tutash hududlarda yangi issiqxonalar tashkil etishni cheklash, ko‘chirilgan xo‘jaliklarga esa infratuzilma, kreditlash va logistika bo‘yicha imtiyozlar berish rejalashtirilmoqda. Taqdimotda "Yashil makon" dasturi doirasida botanika va dendrologiya bog‘lari konsepsiyasi haqida ham ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, botanika bog‘lari mahalliy va xorijiy o‘simliklarni o‘rganish, saqlash, ko‘paytirish va namoyish etishga xizmat qilsa, dendrologiya bog‘lari daraxt va buta turlarini introduksiya qilish, iqlimlashtirish va ilmiy asoslangan holda parvarishlashga ixtisoslashgan. Konsepsiyaga ko‘ra, botanika bog‘larida turli xil floristik ekspozitsiyalar, oranjereyalar, ko‘chatxonalar, ko‘llar, ichki yo‘laklar, shiyponlar va gulzorlar joylashtiriladi.
Ayni paytda mamlakatda 3 ta botanika bog‘i mavjud bo‘lib, loyiha doirasida yana 12 ta botanika bog‘i va 16 ta dendrologik park tashkil etish rejalashtirilgan. Bunda har bir hudud uchun tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda eng maqbul daraxt va buta turlari tanlanadi. 2028-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 100 gektar maydonda botanika va dendrologiya bog‘larini tashkil etish rejalashtirilgan. Natijada 2030-yilga borib mamlakatning umumiy ko‘kalamzorlashtirish darajasi 14,2 foizdan 30 foizga oshishi, PM2,5 va PM10 konsentratsiyasi 20-25 foizga kamayishi hamda iqlimi og‘ir hududlarda o‘rtacha havo harorati 1,5-2 darajaga pasayishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, poytaxtda Milliy dendrologiya bog‘ini tashkil etish konsepsiyasi taqdim etildi. Ushbu yirik yashil hududning umumiy maydoni 108 gektarni tashkil etadi. Loyiha doirasida 50 ming tup daraxt va 100 ming tup buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan. Bog‘ biologik xilma-xillikni saqlash, havo sifatini yaxshilash, uglerod yutilishini oshirish, ilmiy tadqiqotlar va seleksiya ishlarini rivojlantirish, shuningdek, shahar mikroiqlimini sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Havo harorati 2-4 darajaga pasayishi, namlik esa 10-15 foizga oshishi kutilmoqda.
Milliy dendrologiya bog‘i nafaqat yashil hudud, balki ilmiy, ma’rifiy va ijtimoiy makon sifatida ham shakllanmoqda. Bu yerda "Tinchlik daraxtlari" zonasi, oltita iqlim mintaqasi o‘simliklari kolleksiyalari, mevali va mahalliy daraxtlar massivlari, dorivor o‘simliklar bog‘i, oranjereya, gulzorlar, dam olish zonalari, piyodalar va velosiped yo‘laklari, avtoturargoh va tashrif buyuruvchilarni qabul qilish maydonchasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bog‘ning markaziy qismida 1 gektarlik sun’iy ko‘l va uning atrofida sakura bog‘i barpo etish rejalashtirilgan. Infratuzilmada zamonaviy ekologik texnologiyalar - quyosh panellari, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan o‘rindiqlar va shiyponlar, avtomatlashtirilgan tomchilatib sug‘orish tizimi qo‘llaniladi. Ushbu bog‘ Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) uchun tabiiy laboratoriya, aholi uchun esa bioturizm va ekologik ta’lim markaziga aylanadi.
"Ekomadaniyat" umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va ma’rifiy faoliyatni birlashtirgan yangi tizimni shakllantirish rejalashtirilgan. Ushbu sohada xalqaro standartlarga javob beradigan mutaxassislarning yetishmasligi, aholi o‘rtasida ekologik ong va barqaror odatlar darajasi hali ham yetarli emasligi, shuningdek, innovatsiyalar va iqlim texnologiyalarini amaliyotga joriy eta oladigan kadrlar yetishmovchiligi saqlanib qolayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab 14 ta hududda "yashil texnikumlar" tashkil etilib, ular akademik hamkorlik asosida Green University tizimiga kiritiladi.
Loyihaga ko‘ra, ta’lim oluvchilar soni har yili ortib boradi va 2028/2029 o‘quv yiliga kelib 10 ming nafarga yetadi. Bakalavr va magistraturada atrof-muhit va barqaror boshqaruv, yashil iqtisodiyot, ekologik muhandislik, iqlim o‘zgarishi, cho‘llanishga qarshi kurash, barqaror shaharsozlik va barqaror energiya almashinuvi bilan bog‘liq yangi yo‘nalishlar ochiladi. Ta’lim jarayonida nazariy bilim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlovchi dual tizim joriy etiladi. Shuningdek, universitet ta’lim tizimini rivojlantirish, ilmiy-innovatsion loyihalar va ma’rifiy ishlarga katta mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Aholining ekologik madaniyatini oshirish uchun "10 ming qadam" tashabbusini qayta tiklash, "Sog‘lom turmush tarzi" platformasini ishga tushirish, shuningdek, Samarqandda GEF-8 assambleyasi va "Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasini o‘tkazish rejalashtirilgan. Taqdimotda cho‘llanishga qarshi kurashish strategiyasi loyihasi alohida ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston hududining 70 foizi arid zonaga tegishli bo‘lib, 70 foizdan ortiq yerlar degradatsiyaga uchragan. Yer resurslari holatining yomonlashuvi har yili iqtisodiyotga 830 million dollar zarar yetkazmoqda. Orol dengizining qurishi natijasida 3 million gektar yer yaroqsiz holga keldi, 56 foiz hudud shamol eroziyasi ta’siriga tushib qoldi.
Shu munosabat bilan "Green University" qoshida mintaqaviy qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklif qilindi. U Markaziy Osiyoda cho‘llanish jarayonlarini boshqarish bo‘yicha birinchi ilmiy xab bo‘lishi kutilmoqda. Markaz tarkibida 15 ta ixtisoslashtirilgan laboratoriya faoliyat yuritadi, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari, GIS va masofadan zondlash texnologiyalari asosida yer holatini raqamli monitoring qilish yo‘lga qo‘yiladi, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar genetik banki shakllantiriladi, tuproqning kimyoviy va fizik tahlil tizimi takomillashtiriladi.
Bu cho‘llanish jarayonlarini prognoz qilish va xaritalashning milliy tizimini yaratish, Orolbo‘yi va qurg‘oqchil hududlarda yashil qoplamni kengaytirish, yaylovlardan barqaror foydalanishni yo‘lga qo‘yish va cho‘l iqtisodiyoti modellarini joriy etish imkonini beradi. Davlatimiz rahbari taqdim etilgan loyihalar ekologik barqarorlikni ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish, shahar va qishloqlarda qulayliklarni yanada oshirish, sohaga ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, taklif etilgan tashabbuslarni ma’qulladi.
