Chiqindilarni faqat belgilangan joylarga tashlang! 2025-yil 14-martdan 24-martgacha bo‘lgan davrda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 2263 ta qoidabuzarlik aniqlanib, ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Mazkur reydlar jamoat tartibini saqlash, sanitariya holatini yaxshilash va ekologik qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish maqsadida o‘tkazilmoqda. Mas’ul idoralar bo‘yicha aniqlangan qoidabuzarliklar:
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi - 54 ta holat
- Milliy gvardiya boshqarmasi - 360 ta holat
- Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi - 152 ta holat
- Ichki ishlar bosh boshqarmasi - 1697 ta holat
Eslatib o‘tamiz: chiqindilarni faqat maxsus belgilangan joylarga tashlash har bir fuqaroning majburiyati hisoblanadi. Qoidalarga rioya qilish toza va sog‘lom atrof-muhit garovidir.


