Muhtaram vatandoshlar! Sizni ekologik madaniyatni oshirish va shahar muhitini obodonlashtirishga qaratilgan #toza_ozoda_mirzoulugbek #Plogging ekologik aksiyasida ishtirok etishga taklif etamiz.
Tadbir Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filialidan boshlanib, Yuzrobot ko‘chasi bo‘ylab Gulsanam ko‘chasigacha davom etadi. Plogging - bu yugurish va axlat yig‘ishning uyg‘unlashuvi bo‘lib, u nafaqat jismoniy faollikni saqlashga yordam beradi, balki atrof-muhit tozaligiga ham haqiqiy hissa qo‘shadi. Barcha aholi, yoshlar va befarq bo‘lmagan fuqarolarni aksiyada faol ishtirok etishga va birgalikda shahrimizni yanada toza, yashil va yashash uchun qulay qilishga chaqiramiz.
