Muhtaram vatandoshlar!
Sizlarni 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Bu bayram mardlik, sadoqat, vatanparvarlik va Vatan oldidagi yuksak mas’uliyat ramzidir. Mamlakatimiz tinchligi, osoyishtaligi, xavfsizligi va ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan barcha insonlarga samimiy minnatdorlik bildiramiz. O‘z mehnati, matonati va burchiga sadoqati bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgan harbiy xizmatchilar, faxriylar va barcha Vatan himoyachilariga alohida minnatdorlik bildiramiz. Har bir xonadonda tinchlik, farovonlik va ertangi kunga ishonch hukm sursin, Vatanimiz esa taraqqiyot va ravnaq yo‘lidan dadil ilgarilab borsin.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, oilaviy mehr-oqibat, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz! Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!
