Bugun mamlakatimiz tarixidagi eng muhim sanalardan biri - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun nishonlanmoqda. Davlat bayrog‘i xalqimizning mustaqilligi, suvereniteti va milliy g‘ururining muqaddas ramzidir. U O‘zbekiston fuqarolarining qadr-qimmati, birligi, mustahkam irodasi va yuksak intilishlarini o‘zida mujassam etgan. Bayroq ranglari va ramzlarida Vatanimizning boy tarixi, tinchliksevarligi, ma’naviy qadriyatlari, taraqqiyotga ishonchi va porloq kelajakka intilishi aks etgan. Davlat bayrog‘i bizni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi, vatanparvarlik tuyg‘ularimizni mustahkamlaydi, taraqqiyot va farovonlik yo‘lidagi xalq birligining ramzi bo‘lib xizmat qiladi. Barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etamiz!
Barchangizga tinchlik, farovonlik, mustahkam sog‘lik va Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yangi zafarlar tilaymiz!
