Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni oshirish va "yashil" g‘oyalarni amalga oshirish uchun har yili 10 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Manba: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-oktyabrdagi 631-son qarori Yoshlar ishlari agentligi huzurida Yashil tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi, u quyidagilarni moliyalashtiradi:
ekologik madaniyatni oshirish loyihalari; chiqindilarni qayta ishlash va yashil energetikani rivojlantirish; daraxt ekish va parvarish qilish; iqlim va ekologiya sohasidagi yoshlar g‘oyalari; eko-video va media loyihalar; energiya tejash bo‘yicha tanlovlar; o‘rmonlarni tiklash va ekoturizmni rivojlantirish; energiya sarfini kamaytirish uchun eko-chellenjlar va ilovalar.
