Poytaxt hududlarining ozodaligi va sanitariya holatini ta’minlashda tuman filiallari rahbarlari muhim rol o‘ynaydi, ular har kuni xizmatlar faoliyatini nazorat qiladi va 24/7 rejimida uzluksiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlaydi. Chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish, hududlarning sanitariya holatini nazorat qilish, maxsus texnikalar ishini samarali tashkil etish yuksak mas’uliyat va fidoyilikni talab etadi.
Ularning mehnati va shahar ozodaligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi e’tirofi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida tuman filiallari rahbarlariga esdalik ko‘krak nishonlari topshirildi. Rahbarlarimizni munosib mukofot bilan samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli ishlarida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!



