15-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ushbu muhim tadbir doirasida poytaxtimizga xorijiy davlatlar rahbarlari, elchilar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyuradilar. Shu munosabat bilan shahar bo‘ylab keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Poytaxt ko‘chalari, yo‘l uchastkalari, mahallalar va jamoat joylari tartibga keltirilmoqda.
Hurmatli poytaxt aholisi va mehmonlari!
Sizlarni ushbu yirik xalqaro tadbirni munosib o‘tkazishga o‘z hissangizni qo‘shishga chaqiramiz: chiqindilarni faqat maxsus ajratilgan konteynerlarga tashlang; uy atrofidagi hududlarda tozalikka rioya qiling; jamoat joylarida sanitariya qoidalariga rioya qiling.
Toshkent davlatimizning obro‘-e’tibori ramzidir. Uni toza, orasta va mehmondo‘st shahar sifatida tasavvur qilish o‘z qo‘limizda.
