Tibbiyot chiqindilarini to‘g‘ri saralash, tashish, qayta ishlash va zararsizlantirish tizimini takomillashtirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biridir. Xo‘sh, tibbiyot chiqindilari qanday toifalarga bo‘linadi, ularni zararsizlantirishning qaysi usullari eng samarali, amaldagi tizim qay darajada ishlaydi va uni yanada takomillashtirish uchun yana nimalar qilish kerak? "Olam munozaralar klubi"ning navbatdagi sonida aynan shu masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasida shu masalaga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda "Maxsustrans" davlat korxonasi bosh inspektori Ismoil Sa’dullayev ham ishtirok etib, savollarga javob berdi.


