Bu haykallar va tasvirlar chiqindilardan yaratilgan desam ishonasizmi? San’atdagi bu yo‘nalish junk art yoki trash art deb ataladi, bu yerda maishiy chiqindilar va ikkilamchi xomashyo ijod uchun asosiy material bo‘lib xizmat qiladi.
Junk va trash so‘zlari ingliz tilidan tarjima qilinganda "axlat" yoki "chiqindi" degan ma’noni anglatadi. San’atning bu turida mualliflar zamonamizning muhim global muammolarini — atrof-muhit ifloslanishining ortib borishi va insonning tabiatga ta’sirini ko‘taradilar. Ular o‘z ishlari orqali yillar davomida chiqindilarning to‘planishi va noto‘g‘ri utilizatsiya qilinishi natijasida sayyoraga qanday zarar yetkazilayotganini ko‘rsatib beradilar. Shunday qilib, chiqindi nafaqat ijod uchun materialga, balki jamiyatga ekologik xabar berishning kuchli vositasiga aylanadi.


