Bu o‘ta achinarli va sharmandali holat! Eslatib o‘tmoqchimizki, bu "manzara"ning barchasini o‘zimiz — shu shahar aholisi yaratgan! Hurmatli fuqarolar, tadbirkorlar va tashkilotlar! Iltimos, uylaringiz va ofislaringiz atrofida tartibni saqlang, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamang, chunki poytaxtni obodonlashtirish qoidalariga ko‘ra, har bir tashkilot atrofdagi hududni toza saqlashga majbur.
