Bayram kunlari davomida poytaxtdagi qabristonlar hududida keng ko‘lamli sanitar tozalash va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Kommunal xizmat xodimlari va maxsus texnikalar tozalik, tartib va tashrif buyuruvchilar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash maqsadida kuchaytirilgan tartibda ishladi. Olib borilgan ishlar natijasida quyidagilar olib chiqildi:
9-may - 2853,1 tonna chiqindi;
10-may - 2037,7 tonna chiqindi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar obyektlarning tegishli sanitariya holatini saqlash, tutash hududlarning tozaligini ta’minlash va fuqarolarning xotira joylariga tashrif buyurishi uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini berdi.
